Moskvaga ketayotgan Jaloliddinovning haqiqiy transfer narxi qancha?

  • 19.07.2020 12:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Bunyodkor” futbolchisi Jasur Jaloliddinov manfaatlarini himoya qilayotgan Yuriy Belous jurnalistlar bilan suhbatda o‘zbek futbolchisining haqiqiy summasini oshkor etishni istamadi.

Jurnalistlardan biri transferga bosh-qosh bo‘lgan taniqli futbol mutaxassisidan Jaloliddinov uchun moskvaliklarga 350 ming evro to‘lashi aytilganini, lekin Transfermarkt  portalida bu transfer narxini 450 ming evro ko‘rsatilganini aytib,  “Lokomotiv” o‘zbek futbolchisi uchun aslida qancha to‘laganini so‘radi.

Yuriy Belous bunga javoban, Jasur Jaloliddinovning transfer summasini oshkor qilishni istamasligini, buni muhokama qilish uning va jurnalistlarning ishi emasligini ta’kidladi.

Yaqinda rossiyalik mutaxassis Jasur Jaloliddinov tez orada “Lokomotiv” etakchisiga aylanishiga ishonishini haqida ham intervyu bergandi.

Yuriy Belous: Jaloliddinov bir necha yil davomida “Lokomotiv” (Moskva) o‘yinini belgilaydi!

BATEga super gol urgan Shahboz Umarov Evropa Chempionlar ligasi uchun kurashayotgan klubga o‘tmoqda

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!