Mourin'yo hakamlardan Vinisiusni himoya qilishni so'radi
Madridning «Real» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourinyo hujumchi Vinisius Junior ishtirokidagi bahsli vaziyatlarda hakamlar faoliyatiga toʻxtalib oʻtdi.
«Maydondagi vaziyat bor, maydondan tashqaridagi vaziyat bor. Tomoshabinlar reaksiyasi haqida gapirayotganda men irqchilik yoki jinsiy kamsitishni nazarda tutmayapman, balki oddiy muxlis tomonidan aytilgan haqoratlar haqida gapiryapman. Shunday paytlarda Vinisius raqib muxlislari bilan munosabatini yaxshiroq nazorat qila olishiga ishonaman.
Ammo oʻyin davomida sodir boʻladigan zarbalar, qoidalar buzilishi, penalti va futbolchini asta-sekin asabiylashtiradigan barcha holatlar — bularning barchasi hakam zimmasidagi masʼuliyat. Men oʻyinni boshlab, birinchi daqiqadayoq zarba yeganimda, oʻz xarakterimni bilaman, ehtimol bir daqiqa oʻtmasdan qizil kartochka olardim.
Hakam maydonga yaqin boʻlishi, barcha futbolchilarni va oʻyinning oʻziga xos ruhini himoya qilishi kerak. Shu jihatdan olganda, Vinisiusga yordam berish ancha qiyin, deb oʻylayman. Lekin safari oʻyinlarda muxlislar bilan munosabatini yaxshilash ustida ishlashimiz mumkin», — deya Mourinyoning soʻzlarini klubning rasmiy sayti keltirgan.
«Real» navbatdagi uchrashuvini 26 avgust kuni oʻz maydonida «Real Sosyedad»ga qarshi oʻtkazadi.

Fikrlar