Mourino afrikalik futbolchilarning boshqa mamlakat sharafini himoya qilishiga qarshi (foto)

  • 16 dekabr, 2022, 16:20
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Portugaliyalik mutaxassis, ayni vaqtda "Roma" klubi bosh murabbiyi bo‘lib turgan Joze Mourino terma jamoalarda afrikalik futbolchilarning tutgan o‘rni borasida gapirdi.

"Men Afrika hamma uchun teng bo‘lishini istardim. Ularda har bir o‘yinni yutishga imkon bor. Ammo hozir ularning ko‘plab futbolchilari dunyoning ko‘plab mamlakatlarida to‘p tepadi.

Bilaman, bu gaplardan keyin mashhur bo‘lmayman. Lekin FIFA bu kabi narsalarni adolat bilan hal qilishi kerak. 

Ushbu holatdan so‘ng FIFA turnirlari yanada raqobatbardosh bo‘ladi va faqat bitta tomon ustun bo‘lmaydi", - dedi Mourino.

mour

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!