Mourino Angliyadagi eng zo‘r darvozabonni “Roma”ga chaqiryapti

  • 11 may, 2021, 08:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” jamoasini qabul qilib olishga tayyorgarlik ko‘rayotgan Joze Mourino tarkibni kuchaytirishga e’tibor qaratmoqda.

Tecno

Portugaliyalik mutaxassis birinchilardan bo‘lib, bir necha yil davomida Angliya premer-ligasining eng zo‘r darvozabonlaridan biri sifatida e’tirof etilgan David de Xeaga xaridor bo‘lmoqda.

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Sulsher joriy mavsumning ikkinchi yarmidan e’tiboran darvozani Din Xendersonga topshirgan. Manchesterliklar asosiy tarkibdagi joyini yo‘qotgan ispaniyalik darvozabonga katta maosh to‘lagandan ko‘ra, uni sotib yuborishni ma’qul ko‘rmoqda.

David de Xea joriy mavsumda 32 ta uchrashuvda 39 ta gol o‘tkazib yubordi va 12 ta bellashuvda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!