
Mourino: G‘alaba uchun taktika ham, mashg‘ulot ham kerakmas!
“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino jamoa bilan erishayotgan g‘alabalari sirini ochdi. Portugaliyalik mutaxassis o‘yinlarda zafar quchish uchun nimalarga e’tibor qaratish kerakligini aytib berdi.
- Murabbiylik ishining asosini o‘yinchilar bilan o‘zaro munosabat tashkil qiladi. Ko‘pchilik muvaffaqiyat siri taktika yoki mashg‘ulotlar jarayonida, deb o‘ylaydi. Lekin yutuqlarning kaliti odamgarchilikda.
Hozir men avvalgidek xudbin emasman, aksincha, odamgarchilikni o‘rgandim, - deydi Joze Mourino.
Mourino “Roma”ni Konferentsiyalar ligasi g‘olibiga aylantirdi. Jozening o‘zi UEFAning barcha turnirlari – Chempionlar ligasi, Evropa ligasi va Konferentsiyalar ligasida g‘olib chiqqan yagona murabbiyga aylandi.
Fikrlar