Mourin'yo: Bu ikki urushqoq yulduz “Real”da birga qolmaydi!
“Benfika” bosh murabbiyi Joze Mourinyo tez orada Madriddning “Real” klubiga tayinlanishi kutilmoqda.
Portugaliyalik mutaxassis boshqaruvni qo‘lga olishi bilan tarkibda jiddiy o‘zgarishlar qiladi. Xususan, Mourinyo yaqinda o‘zaro mushlashgan ikki yulduz – Federico Valverde hamda Orelien Tchuameni ikkalasini bir vaqtning o‘zida jamoada bo‘lishini istamayapti.
Tajribali murabbiy tarkibni optimallashtirish va uning tizimiga salbiy ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan ichki ziddiyatdan qochishni afzal ko‘rmoqda.
Bu haqida Marca nashri xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, Valverde va Tchuameni o‘rtasida yuz bergan janjal jamoa birdamligi bilan bog‘liq muammoni ochib bergan. Mourinyo esa har qanday boshqarayotgan jamoasida ushbu masalaga “eng ustuvor ahamiyat” qaratadi.
Ta’kidlanishicha, Tchuameni Mourinyo taktikasi talab qiladigan darajada himoyalanish va pozitsiyani nazorat qilish qobiliyati tufayli Valverdega nisbatan biroz ustunlikka ega bo‘lishi mumkin.

Fikrlar