Mourino: Bu o‘yinchiga tegmanglar!

  • 24 iyul, 2022, 16:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Roma” va PSJ niderlandiyalik yarim himoyachi Jordino Veynaldum transferi bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.

Tomonlar hozircha bir to‘xtamga kelgani yo‘q. Masala futbolchining maoshiga borib taqalyapti. Garchi PSJ mutasaddilari erkin agent sifatida tekinga kelgan o‘yinchini ancha arzon – 10 million evroga baholagan bo‘lsa-da, Veynaldumning 7 million evrolik maoshi rimliklarga og‘irlik qilmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, parijliklar ushbu transferga “Roma”ning yosh o‘yinchisi Nikola Zalevskini qo‘shishni so‘ragan. Biroq, Joze Mourino polshalik futbolchini qo‘yib yubormaligini uqtirdi.

Veynaldumning o‘zi Parij klubida etarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgani bois, “roma”ga o‘tishni istayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!