
Mourino Chempionlar ligasida ishtirok etish yo‘llarini qidirmoqda
"Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Joze Mourino APLda 4-o‘rinni egallab EChLda ishtirok etishdan ko‘ra Evropa ligasida g‘olib chiqib ushbu yo‘llanmani qo‘lga kiritishni ko‘proq istamoqda.
"Yaxshisi biz Evropa ligasida g‘olib chiqib, EChL yo‘llanmasini qo‘lga kiritganimiz ma’qul. Bu ancha obro‘li musobaqa va bizda UEFA Superkubogi uchun maydonga tushish imkoniyati ham paydo bo‘ladi.
Ammo, Evropa ligasida g‘olib chiqa olmasligimiz ham mumkin. U holda biz premer-ligada 4-o‘rinni qo‘lga kiritishimiz shart", - deydi portugaliyalik mutaxassis Daily Mail nashriga bergan intervyusida.
Fikrlar