
Mourino “Fenerbahche” yulduzini haydayapti
Turkiya Superligasida “Fenerbahche”ga bosh murabbiylik qilayotgan Joze Mourino mavsumning ikkinchi yarmi uchun tarkibda o‘zgarishlar qilishga bel bog‘lagan.
Manbalarning yozishicha, portugaliyalik mutaxassis jamoaning asosiy yulduzlaridan Allan Sen-Maksimen klubni tark etishini talab qilyapti. Aslida frantsiyalik legioner Saudiya Arabistonining “Al-Ahli” klubiga tegishli va Istanbul jamoasida ijara asosida o‘ynayapti.
Sen-Maksimen “Fenerbahche”ga kelganidan beri barcha turnirlarda 22 ta uchrashuv o‘tkazib, raqiblar darvozasiga uchta gol urdi. Biroq hujumkor futbolchining o‘yin sifati va ko‘rsatkichlari Mourinoni qoniqtirgani yo‘q.
Ma’lumotlarga qaraganda, istanbulliklar 27 yoshli o‘yinchini Saudiya Arabistoni klubiga qaytarib yuboradi.
Eslatib o‘tamiz, Allan Sen-Maksimen ilgari “Sent-Eten” (Frantsiya), “Gannover” (Germaniya), “Bastiya” (Frantsiya), “Monako” (Frantsiya), “Nitstsa” (Frantsiya), “Nyukasl” (Angliya) kabi klublarda faoliyat yuritgan.
Fikrlar