Mourino “Fenerbahche”ni yulduzlar jamoasiga aylantirmoqda

  • 17 iyun, 2024, 16:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Fenerbahche”ning yangi bosh murabbiyiga aylangan Joze Mourino yangi jamoasiga taniqli futbolchilarni chorlayapti.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, portugaliyalik mutaxassis Madridning “Atletiko” klubiga tegishli bo‘lgan hamyurti Joau Felishni Turkiyaga olib kelmoqchi. Hujumkor futbolchi o‘tgan mavsum ijara asosida “Barselona” sharafini himoya qildi.

Mourino rejasini amalga oshirishda taniqli futbol agenti Jorj Mendesh  yordamidan foydalanmoqchi. Bu agent Mourinoga ham, Felishga ham xizmat ko‘rsatadi.  

Shuningdek, yangi bosh murabbiy “Fenerbahche” mutasaddilariga “Manchester Yunayted”dan sobiq shogirda Viktor Lindelyofni olib kelishni so‘radi.

Manchesterliklar shvetsiyalik futbolchi o‘ynayotgan pozitsiyaga “Everton” etakchisi Jerred Brentueytni olib kelyapti. Bu holatda shundoq ham asosiy tarkibga kirishga qiynalayotgan Lindelyof o‘yin amaliyotisiz qolib ketishi mumkin.

Mourino esa, bu vaziyatdan foydalanib, yangi jamoasini kuchli beshlik ligalarida tajriba orttirgan o‘yinchilardan biri yordamida kuchaytirishni maqsad qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!