Mourino "Guanchjou Evergrand"ni boshqarishni xohlamadi

  • 6 iyul, 2019, 10:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
CHERY AUTO

Xabaringiz bor bundan avvalroq portugaliyalik mashhur mutaxassis Joze Mourino Xitoyning eng boy odami hisoblangan Xu Tszyain bilan muzokaralar olib borayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Tecno

Unga mamlakat terma jamoasi yoki "Guanchjou Evergrand" klubidan birini boshqarish taklif etilayotgani haqida ma’lum qilingandi. Biroq, TheGuardian nashrining yozishicha Mourino oilaviy sabablarga ko‘ra “Guanchjou Evergrand” klubini boshqarishni rad etgan.

Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra xitoy klubi 56 yoshli mutaxassisga yiliga 16,5 mln evro taklif qilgan. Ta’kidlash kerakki, Mourino “Manchester Yunayted”da ham xuddi shuncha maosh olar edi.

Eslatib o‘tamiz, Mourino bundan avval o‘z kuchini terma jamoada sinab ko‘rish istagi borligi haqida ham gapirgandi. Shuni inobatga olsak, u Xitoy terma jamoasini boshqarishi ham mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!