
Mourino ishongan futbolchi maydonga qaytmoqda
"Roma" hujumchisi Paulo Dibala juma kuni ertalab jamoaning qolgan a’zolari bilan qisman mashg‘ulot o‘tkazgan. "Calciomercato" nashri xabariga ko‘ra, "bo‘rilar" bosh murabbiyi Joze Mourino argentinalik futbolchi bilan gaplashib, uning son qismida og‘riq bor yoki yo‘q ekanligiga ishonch hosil qilgan. Manbada yozilishicha, portugaliyalik mutaxassis Dibalani "Inter"ga qarshi o‘yinda jamoasining asosiy tarkibida maydonga tushurishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Paulo Dibala "Roma"ning "Atalanta"ga qarshi bahsida o‘zini noqulay his qilgani uchun maydonga tushmagan edi.
Italiya chempionati doirasidagi “Inter” – “Roma” uchrashuvi 1 oktyabr, shanba kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar