Mourino kimni ijaraga bermoqchi?

  • 13 yanvar, 2018, 14:50
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi bosh murabbiyi Joze Mourino himoyachi Aksel Tuanzebeni ijaraga berishni o‘ylamoqda. Biroq bu borada yakuniy qaror keyinroq chiqarilishini ham qo‘shimcha qildi.

Tecno

“Tuanzebe – juda yaxshi futbolchi. Shunchaki, unda bu erda o‘ynash uchun imkoniyat kam. Biz uni ijaraga bermoqchimiz. Biroq jamoamda jarohatlanganlar ko‘p. Masalan Erik Bayi shular jumlasidan. Biz boshqa jarohatlardan ham sug‘urtalanmaganmiz. Shu bois, bu borada yakuniy qarorni transfer oynasi yopilguniga qadar qabul qilamiz”, – deb aytib o‘tdi Mourino.

Ma’lumot uchun, 20 yoshli futbolchi bu mavsum MYuning 3 ta bahsida asosiy tarkibda tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!