Mourino kutayotgan yulduz “Real” bilan muzokara boshladi

  • 22 dekabr, 2021, 12:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya” yarim himoyachisi Korenten Tolisso Myunxen klubini tark etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Frantsiyalik futbolchini Joze Mourino “Roma”ga olib kelmoqchi. Biroq Tolissoning maoshi Rim klubiga og‘irlik qilishi mumkin.

Tecno

Qolaversa, 27 yoshli futbolchiga “Roma”dan qudratliroq klublar ham og‘iz solmoqda. AS nashrining ma’lumot berishicha, “Real” bu o‘yinchi bilan muzokaralarni boshlab yubordi. Tolisso ham “Qirollik klubi”ga rozilik bergani aytilmoqda.

Endi masala “Bavariya” rahbariyati bilan transferni kelishib olish qoldi. Tolissoni qishda olish uchun madridliklar kompensatsiya to‘lashi kerak bo‘ladi. Agar ular yarim himoyachi yozda erkin agentga aylanishini kutadigan bo‘lsa, vaziyat o‘zgarib, Tolissoga ko‘proq maosh va’da qiladigan raqobatchi klub paydo bo‘lishi mumkin.

Chunki bu futbolchi “Roma”dan tashqari “Inter” va “Tottenxem” nishonida ham turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!