"Hindistondan yuborilgan taklif har tomonlama ma’qul bo‘ldi" - "Sho‘rtan" futbolchisi yana legionerga aylandi

  • 19 iyul, 20:44
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Sho‘rtan”ning 26 yoshli tajribali futbolchisi, etakchisi va jamoa sardori Sirojiddin Qo‘ziev faoliyatini Hindiston Superligasida davom ettiradi. 28 yoshli himoyachi “Bengaluru” bilan shartnoma imzoladi.

Tecno

Qo‘ziev g‘uzorliklar safiga mavsum boshida qo‘shilgan va birinchi davrada “Sho‘rtan” safida 15 ta o‘yindan maydonga tushib, 3 ta gol muallifiga aylandi. Aytish kerakki, Sirojiddinning bu ilk bor xorijda to‘p surishi emas. Boisi, 2023 yili Malayziya chempionatida ham faoliyat olib borgan.

Kuni kecha Sports.uz jurnalisti ushbu o‘yinchi bilan suhbatlashdi.

- Sirojiddin Hindiston chempionatiga yo‘l olishingiz kutilmaganda yuz berdimi?

- Birinchi davraning o‘rtalarida Hindiston klubi taklif jo‘natgandi. Har tomonlama ko‘rib chiqib, ma’qul variant bo‘lgani uchun ushbu taklifni tanladik.

- “Sho‘rtan”da asosiy figuralardan biri edingiz. Ammo jamoa qiyin vaziyatda edi va o‘ylashimcha, klubga yordamingiz zarur edi. “Sho‘rtan” ketishingizga qanday ko‘ndi?

- Ha, “Sho‘rtan”dagi vaziyat unchalik darajada yaxshi emasdi. Lekin mavsum boshida “Sho‘rtan” bilan shartnoma imzolayotganimizda kelishib olgandik: agar chetdan yaxshiroq taklif bo‘ladigan bo‘lsa, qo‘yib yuborishga rozi bo‘lishgan. Shu sababli ular shartnomada ko‘rsatilgan bandlarga amal qildi.

- Ikkinchi davrada sobiq jamoangizni imkoniyatini qanday baholaysiz?

- Ikkinchi davrada “Sho‘rtan” yanada kuchayadi. Ular yaxshiroq o‘yinchilarni olishga harakat qilishyapti. Nasib bo‘lsa, oldiga qo‘yilgan Superligada qolish vazifasini uddalaydi.

- “Bengaluru” safiga qachon qo‘shilasiz va qaysi raqamni tanladingiz?

- “Bengaluru” safiga yaqin orada qo‘shilaman. Viza masalasini hal qildik. Klubning yig‘igni boshlanishidan avval menga chipta jo‘natishadi va jamoa ixtiyoriga etib boraman.

- “Sho‘rtan”ning birinchi davradagi natijalari qoniqarsiz edi va bu ham ketishingizga turtki berdimi?

- “Sho‘rtan”dan birinchi davradagi qoniqarsiz natijalar ketishimga sabab bo‘lgani yo‘q. Jamoa bilan xayrlashishimga asosiy turtki bo‘lgan narsa, Hindistondan yuborilgan taklif menga har taraflama ma’qul bo‘ldi. Shu bois ketishga qaror qildim.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!