Mourino "Lester"ga qarshi o‘yin oldidan qo‘rqmoqda!

  • 18 dekabr, 2020, 21:10
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourino APLning 14-turidan o‘rin olgan "Lester"ga qarshi o‘yin oldidan "tulkilar" hujumchisi Jeymi Vardi haqida fikr bildirdi. 

"U juda xavfli. Jamoa hech qachon ushbu futbolchining fazilatlarini unutmaydi. Bu Raneri davrida ham bo‘lgan, hozir ham shunday.

U APLga kech kelgani uchun, juda afsusdaman. Vardi bir necha yil avval, bu erda bo‘lishi kerak edi va uning faoliyati uzunroq bo‘lardi. Qolaversa, Jeymi terma jamoada ham ko‘proq gol urishi mumkin edi.

Agar men himoyachi bo‘lganimda, unga qarshi o‘ynashdan xursand bo‘lmasdim, chunki u juda xavfli", -dedi Mourino. 

Ma’lumot uchun, Vardi 2012 yil "Lester"ga ko‘chib o‘tgan. Ungacha u Angliya 5-divizionida harakat qiluvchi "Flitvud Taun" sharafini himoya qilgan. Joriy mavsum 33 yoshli hujumchi APLda 12ta o‘yinda maydonga tushib, 10ta gol urgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!