Mourino Messiga ishonmaydi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi
 
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourino argentinalik superfutbolchi Lionel Messi "Barselona"ni tark etishiga ishonmasligini ma’lum qildi.
 
Kuni kecha Adidas kompaniyasi "Manchester Yunayted"ning o‘yinini kuchaytirish uchun reklama bo‘yicha hamkori Lionel Messini ushbu klubga olib kelish uchun harakat boshlagani haqida xabarlar tarqatilgan edi.
 
- Messi bilan bog‘liq voqealar har yili takrorlanadi, - dedi Joze Mourino. - Menimcha, Lionel hech qachon "Barselona"ni tark etmaydi. Aniq bilamanki, u hech qachon "Manchester Yunayted"ga kelmaydi.
 
Lional Messining "Barselona" bilan yangi shartnoma imzolashga oshilmayotgani turli gap-so‘zlarning ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda.
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!