Mourin'yo Messining terma jamoadan ketgani nimalarga ta'sir qilishini aytdi
Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo hujumchi Lionel Messining Argentina milliy terma jamoasidagi faoliyatini yakunlash qarorini sharhladi.
- Zo‘r va unutilmas xalqaro faoliyat bilan tabriklayman.
Keyingi Amerika kubogi va jahon chempionati butunlay boshqacha bo‘ladi, - deb yozdi Mourinyo Messining ijtimoiy tarmoqdagi posti ostida.
Avvalroq Messi ijtimoiy tarmoqda post qoldirib, ushbu qarorini e’lon qilgan edi.
Hujumchi 2005 yildan beri Argentina asosiy terma jamoasi safida o‘ynab kelgan. U “albiseleste” tarkibida o‘rtoqlik uchrashuvlarini ham hisobga olgan holda barcha turnirlarda jami 207 ta o‘yin o‘tkazib, 125 ta gol urgan va 68 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Messi Argentina terma jamoasi bilan 2022 yildgi jahon chempionati, 2021 va 2024 yildgi Amerika kubogi, shuningdek 2022 yildgi Finalissima turnirida g‘olib chiqqan.

Fikrlar