
Mourino orzusidagi futbolchini qo‘ldan chiqardi
Myonxengladbaxning “Borussiya” jamoasidagi o‘yinlari bilan grand klublar nishoniga tushgan Denis Zakariyaga “Roma” ustozi Joze Mourino ham qiziqish bildirgan edi.
Rim klubi bu futbolchini qishki transferlar vaqtida olish uchun Bundesliga klubiga taklif yuborishga ham ulgurdi. Biroq, shveytsariyalik yarim himoyachiga boshqa kuchli klublar ham xaridor bo‘lmoqda. Bunga uning yozda erkin agentga aylanishi asosiy sabab bo‘lib xizmat qilmoqda.
Zakariyaning o‘zi esa, “Roma”da ko‘ra qudratliroq jamoada to‘p tepmoqchi. Ma’lumotlarga qaraganda, futbolchi “Real” yoki “Barselona” taklifini qabul qilmoqchi. Hozircha u bir qarorga kelgani yo‘q va Ispaniyaga ko‘chib o‘tish imkoniyatini o‘rganib chiqmoqda.
Bundan tashqari, Zakariyaga “Arsenal”, “Manchester Siti” va “Yuventus”dan ham jiddiy qiziqish bo‘lmoqda.
Fikrlar