Mourino o‘zi etisha olmagan futbolchiga maslahat berdi
“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino koronavirusga qarshi emlanishdan bosh tortgan va oxir-oqibat shu kasalga yo‘liqqan “Arsenal” yarim himoyachisi Granit Jakaga ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali maslahat berdi.
- Granit, koronavirusga qarshi emlan va o‘zingni ehtiyot qil, - deb yozdi Joze Mourino Shveytsariya terma jamoasi sardori Jakaga murojaat qilib.
Ma’lumki, Joze Mourino yozda shveytsariyalik tajribali futbolchini “Roma”ga olib kelishni istagandi. Tomonlar o‘rtasidagi muzokara boshi berk ko‘chaga kirib qolgani bois, transfer amalga oshmadi.
Faoliyati davomida “Bazel” va “Borussiya M” jamoalarida to‘p surgan Jaka 2016 yildan buyon “kanonirlar” sharafini himoya qilmoqda. Uning transferi 22 million evroga baholangan.



Fikrlar