Mourino “qo‘lingdan kelganini qil”, dedi!
“Roma”ning 18 yoshli yarim himoyachisi Kristian Volpato Evropa ligasi guruh bahsining beshinchi turida XIK jamoasiga qarshi o‘yindan keyin o‘z harakatlariga baho berdi.
Italiyalik yosh futbolchi Finlyandiyagi o‘yinda “Roma” safida ilk bor boshlang‘ich tarkibda maydonga tushdi va bir soatdan ko‘p to‘p tepdi.
- Men juda mamnunman. Joze Mourino ertami, kechmi menga o‘yinni ilk daqiqalardan boshlash imkoniyatini berishiga ishonchim komil edi. Ozgina sabr qilishim talab etilardi. Mana men kutgan payt ham keldi.
Menimcha, jamoa yaxshi o‘ynadi va xuddi shu darajada davom etishimiz kerak. Biz to‘g‘ri yo‘ldamiz. Bosh murabbiy menga qo‘limdan kelganicha o‘ynashimni va har doim tezroq qaror qabul qilishim kerakligini aytdi.
Biz juda sifatli o‘ynadik, biroq men jamoa oldingi chiziqda yanada o‘tkir o‘yin ko‘rasata olishiga aminman, - dedi Volpato.



Fikrlar