
Mourino "Real" sobiq futbolchisini "Fenerbaxche"ga olib kelmoqchi
Hozirda "Tottenxem" klubi futbolchisi hisoblangan Serxio Regilon faoliyatini Turkiya Superligasida davom ettirishi mumkin.
AS xabar berishicha, "Fenerbaxche" klubi bosh murabbiyi Joze Mourino shaxsan o‘zi ispaniyalik futbolchini o‘z tarkibida ko‘rmoqchi.
27 yoshli qanot himoyachisining amaldagi shartnomasi 2025 yilning yarimiga qadar mo‘ljallangan. "Shporlar" 2020 yilda Serxioni "Real Madrid"dan 35 million evro evaziga xarid qilishgan edi.
Fikrlar