
Mourino “Real” yulduziga xaridor
“Roma” bosh murabbiy Joze Mourino jamoasi tarkibini katta davralarni ko‘rgan tajribali o‘yinchilar bilan kuchaytirishni xush ko‘radi.
Xususan, rimliklar o‘z jamoasi safiga “Real” himoyachisi Nacho Fernandesni qo‘shib olmoqchi.
Ispaniyalik futbolchini Joze Mourino juda yoqtiradi. Shu bois, uning madridliklar bilan shartnomasi tugayotganini inobatga olgan portugaliyalik mutaxassis klub mutasaddilaridan aynan shu himoyachi transferiga ehtibor qaratishni so‘radi.
Nacho Fernandesning o‘zi ham mavsumni Karlo Anchelotti qo‘l ostida yakunlab, boshqa klublar bilan yanvarda muzokara qilmoqchi.
Fikrlar