Mourino "Real"dagi sobiq shogirdini "Tottenxem"ga taklif qilmoqchi

Madridning "Real" klubi himoyachisi Rafael Varan "Tottenxem" qiziqishlari doirasida bo‘lib turibdi. El Desmarque nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, londonliklar ustozi sobiq shogirdini jamoaga taklif qilmoqchi.

Xabarda aytilishicha, uning transfer narxi 80 mln evroga baholanmoqda. Varanning "qirollik klubi" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozida nihoyasiga etadi.

Joriy yilgi mavsumda 26 yoshli futbolchi madridliklar safida jami 20 ta bahsda maydonga tushdi va bitta gol kiritib, yana bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!