Mourino “Roma”ga “Chelsi”dan yana bir futbolchi oladi

  • 25.08.2021 18:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino jamoaning yarim himoyach chizig‘ini kuchaytirish uchun bir necha nomzodlarni ko‘rib chiqmoqda.

Portugaliyalik mutaxassis Temmi Abraxam transferidan keyin “Chelsi”dan yarim himoyachi Ruben Loftus-Chikni ham olib kelmoqchi.

Rimliklar  angliyalik futbolchini keyinchalik 16 million evroga sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqchi.

Shuningdek, Joze “Barselona”da o‘zini ko‘rsatolmagan Miralem Pyanichni ham Rimga olib kelishga qarshi emas. Biroq, klub rahbariyatini bosniyalik pleymeykerning maoshi kattaligi xavotirga solmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!