Mourino “Roma”ga yana bir hujumkor futbolchini olib kelmoqchi

  • 9 iyul, 2022, 16:51
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rimning "Roma" klubi bosh murabbiyi Joze Mourino "Kristal Pelas" hujumkor yarim himoyachisi Vilfrid Zaxani “bo‘rilar” safida ko‘rishni istamoqda, deb xabar beradi “GOAL” nashri .

Tecno

Manbaga ko‘ra, italiyaliklar Zaxani sotib olish uchun bir nechta o‘yinchilardan voz kechishi kerak bo‘ladi. Ammo aynan qaysi futbolchilar ekanligi noma’lumligicha qolmoqda.

Avvalroq, 29 yoshli Vilfridning agenti "Roma" rahbariyatibilan muzokara olib borgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Futbolchining "Kristal Pelas" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar amal qiladi. “Transfermarkt” portali ivuarlik  yarim himoyachining narxini 38 million evroga baholamoqda.

Zaxa o‘tgan mavsumda “Pelas”ning barcha musobaqalar doirasidagi 37 ta uchrashuvida maydonga tushib, o‘z hisobiga 15 ta gol va 2 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!