Mourino “Roma”ni boshqarolmaydi

  • 20 sentabr, 2022, 22:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino “Atalanta”ga qarshi uchrashuvda bosh hakamga qattiq e’tiroz bildiravergani uchun qizil kartochka olib, o‘yindan chetlatilgan edi.

Tecno

A Seriya tartib-intizom qo‘mitasi Joze Mourinoni diskvalifikatsiya qilish bo‘yicha qaror chiqardi. Endi portugaliyalik mutaxassis liganing navbatdagi turini o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ladi.

Rimliklar keyingi bahsni 1 oktyabr kuni “San-Siro”da Mourinoning sobiq jamoasi “Inter”ga qarshi o‘tkazishi belgilangan.

“Inter” vakillarida Marselo Brozovich sariq kartochkalar soni beshtaga etgani bois, “bo‘rilar”ga qarshi uchrashuvda ishtirok eta olmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!