Mourino Shomurodovga bir so‘z bilan ta’rif berdi!

  • 10 sentabr, 2021, 08:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” futbol klubi rasmiy instagram sahifasida Eldor Shomurodov suratini joylab, “Eldorga bir so‘z bilan ta’rif bering”, degan post joyladi.

Post ostiga yozilgan izohlar orasida Joze Mourinoning ta’rifi ko‘pchilik e’tiborini tortdi. Portugaliyalik mutaxassis Eldor Shomurodovga bag‘ishlangan postga birgina so‘z bilan baho berib, “TOP”, degan izoh  qoldirdi.

241192544_205083804872505_4233716726322306897_n

Ma’lumki, Eldor Shomurodovning Italiyaning eng mashhur klublaridan hisoblangan “Roma”ga o‘tishida Joze Mourinoning hissasi katta. Ma’lumotlarga qaraganda, portugaliyalik mutaxassis “Tottenxem”ni boshqargan davrda o‘zbek hujumchisini o‘z jamoasiga taklif qilishni istagan.

Mourino legionerimizni asosan terma jamoamiz safidagi o‘yinlari orqali kuzatgan. Qolaversa, 2020 yilning kuzida “Rostov”dan “Jenoa”ga ko‘chib o‘tgan hujumchimiz kuchli beshlik chempionatlari orasida o‘ziga xos murakkabligi bilan ajralib turadigan Italiya A Seriyasiga tez moslashdi va yuqori salohiyatini.

Garchi autsayder jamoa safiga qo‘shilgan bo‘lsa-da, 31 ta uchrashuvda sakkizta gol urib, bitta golli pas oshirdi va “Jenoa”ning  o‘tgan mavsumda 11-pog‘onaga ko‘tarilishiga munosib hissa qo‘shdi. Shomurodov kuchli beshlik chempionatlarida gol urgan birinchi o‘zbekistonlik futbolchi sifatida tarixda qoldi.

Hamyurtimizning “Jenoa”dagi harakatlari, jamoaviy o‘yin borasida ustun jihatlari Italiyaning etakchi klublari e’tiboridan chetda qolgani yo‘q. Mavsum davomida legionerimizga “Yuventus”, “Milan” va “Roma” klublaridan jiddiy qiziqish bo‘ldi.

Eldor Shomurodovning Rim klubini tanlashiga ko‘proq Joze Mourinoning unga bo‘lgan e’tibori sabab ekanini alohida ta’kidlash mumkin.

20081143_0_0_3073_1728_1920x0_80_0_0_65c3147f9292257cfb121a2bb2ea91a9

“Roma” rahbariyati o‘z oldiga katta maqsadlarni qo‘ygan va jamoani avvalgi mavqeini tiklab, Italiyaning eng kuchli klublari qatoriga qaytarmoqchi. Yaqinda Shomurodovning o‘zi joriy mavsumdagi vazifa Evropa Chempionlar ligasiga yo‘llanma olish va jamoa ilk marotaba ishtirok etayotgan xalqaro turnir – UEFA Konferentsiyalar ligasida g‘olib chiqish ekanini aytdi.  

Rim klubi xo‘jayinlari jamoa yuqori o‘rinlarga da’vogarlik qilishi va muntazam Chempionlar ligasida qatnashishi uchun bosh murabbiylikka Joze Mourinoni olib keldi. Portugaliyalik mutaxassis istagi asosida ayrim futbolchilarning jamoadan ketishiga ruxsat berildi, Mourino tanlagan yangi o‘yinchilar esa haqiqatan jamoa o‘yinini sezilarli darajada kuchaytirganini ko‘rish mumkin.

Eldor Shomurodov ham yangi jamoada o‘zini ko‘rsata boshladi. Mavsum oldi yig‘inlaridagi o‘rtoqlik uchrashuvlarida “Betis” va “Raja Kasablanka” jamoalari darvozasini ishg‘ol qilgan hujumchimiz ilk rasmiy debyutida “Trabzonspor”ga ham gol urib, murabbiylar ishonchini oqladi va muxlislar mehrini qozondi.

A Seriyada Mourino Shomurodovni asosan zaxiradan maydonga tushirmoqda. Ikkita uchrashuvda qatnashgan legionerimiz qisqa vaqt o‘ynagan bo‘lsa-da, bitta assistni amalga oshirdi, bir necha bor xavfli vaziyatlar yaratdi.

3205633-65667928-2560-1440

A Seriyada peshqadamlar safida borayotgan “Roma” navbatdagi uchrashuvni 12 sentyabr kuni o‘z maydonida “Sassuolo” jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Shomurodov o‘tgan mavsumda “Jenoa” tarkibida o‘ynagan paytda “Sassuolo” darvozasini ishg‘ol qilgan edi. Bu gal ham Eldordan samarali harakat kutib qolamiz!

Oston O‘runov ishonchni yo‘qotdimi?

Shomurodov vorislari. Markaziy Osiyodan kimlar Evropada o‘ynashga qodir?

Shomurodov yo‘qolgan qizchaning topilishiga sababchi bo‘ldi!

Abraxamning kelishi “Roma”da kutilmagan muammo chiqardi! Buni Shomurodovga ta’siri bormi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
БЕК ДАВРОН
10/09/2021 08:41
Eldor ga omad shu sabab Romani o'yinlarini intizorlik bilan kutyapmiz!!
Shunday o'yinchilarimiz safi ortaversin o'zbek desa g'ururlanasan
&
Турсун Ғани
10/09/2021 23:45
Элдор Супер ўйинчи. Жозе унга ТОП даража берган бўлса, биз учун Элдор СУПЕР. Олға Элдор.
Sattorov Xayriddin
10/09/2021 22:19
Insholox shunday businda birnchi taymimda kursak zur bulardi