Mourino: Sizlarga haqiqatni aytmayman!
“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino PSJga o‘tishi haqidagi xabarlar tasdiqlashdan ham, ularni inkor etishdan ham bosh tortdi.
- Men o‘z kelajagimni do‘stlarim, yaqinlarim va jurnalistlar bilan muhokama qilmayman. Agar bir necha oy oldin klubimiz bosh direktori Berardi mening jamoada qolishimga amin ekanini ta’kidlagan bo‘lsa, bu uning talqini.
Agar bu borada birorta jurnalist nimalardir degan bo‘lsa, bu uning fikri xolos. Chunki men kelajagim borasida hech kim bilan gaplashganim yo‘q.
Vaziyat aniq – yana bir yillik shartnomam bor. Hammasi yaxshi va joyida. Men uchun keyingi o‘yin eng muhim narsa, - dedi Joze Mourino.

Fikrlar