Mourino taktikani o‘zgartirdi. Endi Shomurodovga joy topiladimi?

  • 10 aprel, 2022, 12:23
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya nashrlari "Roma"ning bugungi o‘yini oldidan taktika borasida taxminlarni bildirmoqda. Unga ko‘ra Joze Mourino uslubni biroz o‘zgartiradi. 

Tecno

Ya’ni portugaliyalik mutaxassis 3-4-2-1 taktikasiga suyanmoqchi. Bunda jamoa 3 himoyachi bilan harakat qiladi. Raqib hujumga o‘tganda himoyachilar soni 5 taga etadi. O‘z navbatida, rimliklar oldinga o‘tayotganda ham ustunlik berishi mumkin. Italyancha taktika Jozega ma’qul kelgan ko‘rinadi. Ayrim uchrashuvlarda 3 himoyachi bilan o‘ynagan. Ammo oldingi chiziqda Temmi Abraxamga Nikolo Dzanolo yordam berardi. Bu gal unday emas.

"Bo‘rilar"ning oldingi chiig‘ida Abraxamning o‘zi to‘p tepadi. Uning ortida Dzanolo va Mxitaryan turadi. Ana shunda ushbu uchlik ko‘proq hujumda harakat qiladi. Raqib shturm qiladigan bo‘lsagina Dzanolo va Mxitaryan ortga qaytishi mumkin. 

Stefan El-Shaaravi va Eldor Shomurodov zaxirada tayyor turadi. Ular Mxitaryan va Abraxamni almashtirishi mumkin. Joze Mourino bugungi raqib ancha kuchsiz bo‘lsa-da, tavakkal qilmaydi. Chunki jamoa ko‘p ochkolarni boy bergan. Natijani yaxshilab olgandan so‘ng zaxiradagilarga murojaat qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!