Mourino to‘purar hujumchi xarid qilmoqchi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourino "Sautgempton" hujumchisi Denni Ingz xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Eurosport nashri manbasiga ko‘ra, londonliklar 28 yoshli futbolchining transferi bo‘yicha yozda ishlamoqchi. Ta’kidlanishicha, angliyalik futbolchi yangi mavsumda Chempionlar ligasida to‘p suradigan klubda to‘p surmoqchi.

2020/21 mavsumda Ings "avliyolar" safida 14 ta o‘yinda, 7 ta gol kiritib, 3 ta golli uzatma berdi. Transfermarkt.com portali hujumchining transferini 20 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!