Mourino "Tottenxem" muxlislariga yaxshi yangilik aytdi

  • 1 fevral, 2021, 21:53
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Tottenxem” bosh murabbiyi Joze Mourino jamoa hujumchisi Xarri Keynning jarohati u qadar jiddiy emasligi haqida ma’lum qildi.

“Bu juda yaxshi yangilik. “Liverpul”ga qarshi o‘yindan so‘ng, Keyn qachon safga qaytishini bilmasdi. Ertasi kuni, biz uning 3 haftaga safdan chiqqan bo‘lishi mumkinligini taxmin qildik. Men haddan tashqari optimistlik qilmoqchi emasman, ammo Xarri juda optimist. Uning to‘pig‘idan jarohati bor, ammo u bir necha hafta davolanmasligini aytdi. Keling ko‘ramiz, u haqmi yoki yo‘q”, - dedi portugaliyalik mutaxassis.

“Tottenxem” ketma-ket mag‘lubiyatlardan so‘ng, APL musobaqa jadvalida 6-o‘ringa tushib ketdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!