
Mourino uchun jiddiy sinov yoxud "Manchester Yunayted" bugun "Byornli" mehmoni bo‘ladi
Bugun Angliya premer-ligasining 4-tur uchrashuvlari davom ettiriladi. Jumladan, mavsumni omadsiz boshlagan “Manchester Yunayted” safarda “Byornli” mehmoni bo‘ldi.
Uchrashuvga oid qiziqarli faktlar:
- “Byornli”ning APLdagi mag‘lubiyatsiz seriyasi 8ta o‘yinga etdi.
- “Byornli” o‘z maydonida o‘tgan so‘nggi 3ta o‘yindan buyon “Manchester Yunayted” darvozasiga yo‘l topa olmayapti.
- MYu so‘nggi marta “Byornli”ga 2009 yilning 19 avgustida mag‘lub bo‘lgan.
- “Manchester Yunayted” premer-liga doirasida mehmonda o‘tkazgan so‘nggi 3ta bahsidan buyon g‘alaba qozona olmayapti.
"Bernli" – "Manchester Yunayted"
Stadion: "Terf Mur" (Bernli, Angliya)
Boshlanish vaqti: 20:00
Bosh hakam: Jonatan Moss (Yorkshir)
Taxminiy tarkiblar:
"Byornli": Xart – Louton, Tarkovski, Mi, Uord, Teylor, Lennon, Kork, Vestvud, Vud, Barns.
"Manchester Yunayted": De Xea – Valensiya, Bayi, Smolling, Shou, Fred, Matich, Pogba, Sanches, Lingard, Lukaku.
Fikrlar