Mourino: Uni o‘ynatmaslik – mening qarorim!

  • 14 noyabr, 2022, 07:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino “Sassuolo”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda xato qilgan himoyachi Rik Karsdorpni kechirmaganini namoyish qildi.

Portugaliyalik mutaxassis niderlanliyalik futbolchiga qishda o‘ziga boshqa jamoa topishini uqtirgandi. “Torino” qarshi o‘tkazilgan joriy yilning so‘nggi uchrashuvida murabbiylar shtabi Rik Karsdorpni o‘yin qaydnomasiga kiritmadi.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Karsdorp oilasi bilan Rimni tark etgan va klubga endi qaytmaydi.

Jurnalistlar bosh murabbiy g‘azabiga duchyor bo‘lgan futbolchini Turin klubiga qarshi uchrashuvda uchratmaganidan keyin bu haqda Joze Mourinoga murojaat qildi.

- Bu o‘yinda Karsdorpdan foydalanmadim va buning sababini u juda yaxshi biladi. Uni o‘ynatmaslik – mening  qarorim, - dedi Joze Mourino.

27 yoshli Karsdorp “Feyenoord” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. O‘ng qanot himoyachisi “bo‘rilar” safida 2017 yildan beri to‘p tepib kelayotgan edi. Joriy mavsumda Rik o‘n bitta uchrashuvda maydonga tushgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!