Mourinoga mashhur klublardan biri xaridor bo‘lmoqda

  • 21 aprel, 2021, 10:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqinda "Tottenxem"dan iste’foga chiqarilgan portugaliyalik mutaxassis Joze Mourino faoliyatini Shotlandiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 58 yoshli murabbiyga “Seltik”dan jiddiy qiziqishlar mavjud. Mourinoning o‘zi ham faoliyatida tanaffus qilmoqchi emas.

Joze “Tottenxem”ni 2019 yilning noyabridan buyon boshqarib kelayotgan edi. U bungacha “Portu”, “Chelsi”, “Inter”, “Real” va “Manchester Yunayted” jamoalarini boshqargan.

“Seltik” hozir Shotlandiya chempionatida “Reynjers”dan so‘ng 2-o‘rinda bormoqda. Ular orasidagi farq 20 ochkoni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!