Mourinoni qaytarmasak bo‘lmaydi!

  • 27.04.2025 17:37
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Avstraliyalik murabbiy Anje Postekoglu “Tottenxem” bilan xalqaro maydonda ijobiy natijalarni qayd etayotgan bo‘lsa-da, “shporlar” Angliya Premer-ligasida juda past ko‘rsatkichlarni qayd etmoqda.

Klub rahbariyati bosh murabbiylikka Joze Mourinoni qaytarishni rejalashtirmoqda.

Portugaliyalik mutaxassis bir yil muqaddam “Roma”dan iste’foga chiqarilganidan keyin Turkiyaning “Fenerbahche” klubidan ish topgandi.

“Tottenxem” xo‘jayinlari jamoa qiyin ahvolda ekanin yaxshi biladi va Mourinoni har qanday murakkab vaziyatdan chiqish yo‘lini topa oladigan mutaxassis sifatida yana Londonga qaytarishni istayapti.

Mourino “Tottenxem”ni 2019-2021 yillar davomida boshqargan. Biroq o‘shanda taniqli murabbiy bu jamoa bilan e’tiborli natijalarni qayd eta olmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!