
Mourinoning futboli samara bermayapti
“Roma” va “Milan” jamoalarida o‘ynayotgan himoyachi Petro Verxovod poytaxt klubining muvaffaqiyatga erishishiga to‘sqinlik qilayotgan omillar haqida gapirdi.
- “Roma” aslida bundan ko‘piga qodir, lekin jamoa tarkibni yaxshilashga muhtoj. Menga Joze Mourino yoqadi. Lekin “Roma” ko‘rsatayotgan o‘yin samara bermayotgani bor gap.
Rimliklarda boshqa echimlar bo‘lishi kerak, munosib o‘yinchilarni topishlari lozim va nihoyat yangi g‘oyalarga ehtiyoj katta.
Yaqinda rimliklar “Bolonya” ustidan g‘alaba qozondi. Lekin raqib katta jamoalarga qarshi o‘yinlarda ancha ter to‘kishga majbur klublardan hisoblanadi, - dedi Petro Verxovod.
Fikrlar