Mourinoning taklifi Benzemani o‘ylantirib qo‘ydi

  • 27 sentabr, 15:22
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bir necha kun avval "Benfika" bosh murabbiyi Joze Mourinoning shaxsan o‘zi "Al-Ittihod" hujumchisi Karim Benzemaga qo‘ng‘iroq qilib, uni Portugaliya klubiga taklif qildi. 

Tecno

Marca xabariga ko‘ra, Mourino bilan suhbatdan so‘ng 37 yoshli futbolchi Evropa futboliga qaytish haqida o‘ylagan va asta-sekin faoliyati yakuniga etayotganini tushunib etgan.

Ta’kidlanishicha, yuzaga kelgan vaziyat fonida "Al-Ittihod" Benzema bilan 2026 yilning yozigacha mo‘ljallangan shartnomani uzaytirish variantini ko‘rib chiqishni boshlagan. Saudiya klubi Benzemaga mehnat shartnomasini 2027 yilgacha uzaytirishni taklif qilishi mumkin.

Benzema va Mourino 2010 yildan 2013 yilgacha Madridning "Real" klubida ishlagan.

Frantsuz 2023 yilning yozidan beri "Al-Ittihod"da o‘ynamoqda. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, hujumchining bozor narxi 7 mln evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!