
Mourinyu: Ikkinchi o‘rin meni xursand qilmayapti, ammo...
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyu kecha "Vest Xem"ga (0:0) qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yindan keyin jamoasi APLda 2-o‘rinni qo‘lga kiritishi aniq bo‘lgach bu borada o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Biz premer-ligada ikkinchi o‘rinni egalladik. Bu mavsum ushbu fantastik chempionatda g‘oliblik uchun 6ta jamoa kurash olib bordi. Ikkinchi o‘rin meni xursand qilmayapti, ammo bu menga bog‘liq bo‘lmadi. Bizning chempion bo‘la olmasligimiz oydinlashgach, o‘z oldimizga maksimum vazifa sifatida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritishni maqsad qilib qo‘ygan edik”, - deydi portugaliyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, MYu premer-liganing so‘nggi turi oldidan uchinchi o‘rinda borayotgan “Tottenxem”ni to‘rt ochkoga ortda qoldirmoqda.
Fikrlar