
Moykano: "U nokaut bilan g‘alaba qozonadi"
Engil vazndagi braziliyalik UFC jangchisi Renato Moykano Konor MakGregor va Maykl Chendlerning yaqinlashib kelayotgan jangida imkoniyatlarini baholadi.
"Menga Konorning bu jangdagi imkoniyatlari ko‘proqdek tuyulyapti. Ehtimol, men yanglishayotgandirman. MakGregor uzoq vaqtdan beri musobaqalarda qatnashmagan va shu kabi juda ko‘plab muammolari bor. Lekin shu bilan birga, Maykl ham xuddi shunday holatda. Menimcha, Chendler MakGregorni mag‘lub eta olmaydi, chunki Maykl baland bo‘yli jangchi emas. Konorning aniq zarbalari tufayli Chendler nokautga uchrash ehtimoli katta", - deya Moykano so‘zlarini keltiradi MMA Fighting.
Ma’lumot uchun, Konor professional faoliyatida 22 ta g‘alaba va 6 mag‘lubiyatga ega. Chendler esa 23 ta g‘alaba va 8 mag‘lubiyat qayd etgan.
Fikrlar