
Muaytay bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yakunlandi
O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligining 2025 yil 1 apreldagi 02/516-A/F-son buyrug‘iga asosan joriy yilning 15-20 aprel kunlari Samarqand shahrida muaytay bo‘yicha kichik o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu nufuzli musobaqada respublikaning barcha hududlaridan jami 774 nafar, shundan 166 nafari qizlar 82 ta vazn toifalarida g‘oliblik uchun bahs olib borishdi.
Shuningdek, musobaqada g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar orasidan eng yaxshi sportchilar joriy yilning 22-31 oktyabr kunlari Baxrayn davlatida bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlariga saralab olindi. Bu haqda O‘zbekiston muaytay assotsatsiyasi xabar bermoqda.
Fikrlar