Muhammad Mokaev "Edvards – Belal" jangida kim g‘olib bo‘lishini aytdi
Super engil vazn toifasida mag‘lubiyatsiz seriya qayd etayotgan UFC jangchisi Muhammad Mokaev chempion Leon Edvards va Belal Muhammad o‘rtasidagi jang uchun o‘z taxminlarini bildirdi.
"Menga ikki jangchi ham yoqadi. Menimcha, Belal bu bahsd g‘alaba qozonadi. To‘g‘ri, Leon Edvards juda aqlli jangchi. IQ darajasi ham yuqori. Lekin Muhammad doimo bosim o‘tkazib harakat qiladi. Agar jangda Leon qulay masofani topsa, Belal uchun juda katta xavf tug‘iladi", – dedi Mokaev Title Sport Network ga.
Eslatib o‘tamiz, Leon Edvards(22-3-1 N/C) va Belal Muhammad(23-3-1 N/C) o‘rtasidagi jang 28 iyul kuni "UFC 304" turnirida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar