Muhammad Saloh misli ko‘rilmagan taklif oldi

  • 6 sentabr, 2023, 16:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Al-Ittihod” rahbariyati “Liverpul” mutasaddilarini Muhammad Salohni qo‘yib yuborishi uchun pulni ayamasligini ko‘rsatmoqda.

Saudiyaliklar 7 sentyabr kuni transfer oynasi yopilishini inobatga olib, navbatdagi taklifni yubordi. Oldinroq, “Al-Ittihod” vakillari 200 million funt va’da qilgandi. Bunga ham rad javobi berilgach, yangi taklif keldi.

Endi arablar misrlik forvard uchun 215 million funt, ya’ni 252 million evro badal puli taklif qilyapti.

Jahon futbolida hali  birorta o‘yinchi bu summaga transfer qilinmagan. Agar “Liverpul” taklifni qabul qilsa, Muhammad Saloh eng qimmat transfer sohibiga aylanadi.

Amaldagi rekord Neymarga tegishli bo‘lib, braziliyalik o‘yinchi uchun PSJ 2017 yili “Barselona”ga 222 million evro to‘lagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Liverpool-Afzal
06/09/2023 17:33
Ухху хозир Клопп билан гаплашилучи