Muhammad Saloh o‘zini tanqid qilgan yulduzning rekordini yo‘qqa chiqaradi

  • 29 oktabr, 06:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasining to‘qqizinchi turida amaldagi chempion “Liverpul” futbolchilari “Brentford”ga 2:3 hisobida yutqazib qo‘ydi. Bu uchrashuvda urilgan gol Muhammad Salohni tarixiy rekord ostonasiga yaqinlashtirdi.

Tecno

33 yoshli misrlik hujumchi oldindagi uchrashuvlarda bitta samarali harakat bilan Angliya futboli afsonasi Ueyn Runining rekordini takrorlashi mumkin. Buning uchun Saloh hozirgi klubi safida bitta gol ursa yoki assist qilsa kifoya.

Opta Sport statistika markazining ma’lum qilishicha, ayni paytda Muhammadning “Liverpul” jamoasi o‘yinchisi sifatida “gol+pas” tizimida to‘plagan ballari 275 tani tashkil qilmoqda. Shulardan 187 tasi gol va 88 tasi assist.

Rekord esa “Manchester Yunayted” tarkibida 183 ta gol va 93 ta assist qafd etib, jami 276 ta samarali harakatni amalga oshirgan Ueyn Runiga tegishli.

Bundan buyon Muhammad Saloh “Liverpul”dagi uchrashuvlari davomida bitta samarali harakatni amalga oshirsa, Runining natijasini takrorlaydi. Undan keyingi har bir gol va assisti yangi rekord sifatida yozilaveradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!