Muҳammad Saloҳ yangi klubi haqidaги savolga javob berdi
“Liverpul” safida 2017 yildan beri o‘yna kelayotgan mashhur hujumchisi Muhammad Saloҳ kelajagi haqida fikr bildirdi. Misrlik futbolchi mavsum oxirida erkin agent sifatida jamoani tark etadi.
33 yoshli o‘yinchi hozircha qaerga yo‘l olishini hal qilmaganini aytdi.
- Rostini aytsam, hali qaror qabul qilmadim. Menda ko‘p takliflar bor va bularning hammasi juda yaxshi variantlar.
Hozir eng muhimi, jismoniy holatim juda yaxshi. Men ko‘p yillar qattiq mehnat qildim va endi bu mehnatim samarasini his qilyapman. Keyin nima bo‘lishini ko‘ramiz, - dedi Muhammad Saloҳ Angliya ommaviy axborot vakillari bilan suhbatda.
Forvard 2017 yili “Roma”dan “Liverpul”ga olib kelinganidan beri jamoa sharafini munosib himoya qilib kelmoqda. Saloҳ bu jamoa tarkibida klublar miqyosidagi barcha nufuzli turnirlar bosh sovrinini qo‘lga kiritgan. Joriy mavsumda u barcha turnirlarda 39 o‘yinda 12 gol va 9 assist qayd etdi.

Fikrlar