
Muhammad Salohdan rad javobini olgan shayxlar boshqa to‘purar topdi
Saudiya Arabistonining eng qudratli klublaridan hisoblangan “Al-Hilol” misrlik to‘purar Muhammad Salohni transferga ko‘ndira olmadi.
32 yoshli futbolchi katta maoshlarga uchmay, “Liverpul” bilan yana ikki yillik shartnoma tuzishni ma’qul ko‘rdi.
Taniqli jurnalist Ben Jeykobsning ma’lum qilishicha, “Al-Hilol” endi boshqa mashhur hujumchini olisha belbog‘ladi.
Saudiyaliklar asli “Napoli”ga tegishli bo‘lgan, lekin mavsumni “Galatasaroy”da o‘tkazayotgan Viktor Osimxenni olishni maqsad qilgan.
Nigeriyalik futbolchi yozda baribir jamoasini o‘zgartiradi. Chunki uning “Napoli” rahbariyati bilan munosabati buzilgan va Neapolga qaytishni istamayapti.
Shunga qaramay, “Al-Hilol”ga bu transferni amalga oshirish oson bo‘lmaydi. Chunki Evropaning bir necha grandlari Osimxenni o‘z safiga chorlayapti.
Fikrlar