
Muhammad Salohga superklub og‘iz solmoqda
Muhammad Saloh hali “Liverpul” bilan amaldagi shartnomasini uzaytirgani yo‘q. Gol urish bo‘yicha “Liverpul” rekordlarini birma-bir o‘ziniki qilayotgan misrlik futbolchi yozda Ispaniya chempionatiga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Salohning liverpulliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozigacha davom etadi. Shu bois, “Barselona” kelasi yozda uni transfer qilishga urinib ko‘radi.
To‘rt yildan beri Angliya premer-ligasida to‘p tepayotgan futbolchi anchadan ber Ispaniya chempionatiga o‘tishni orzu qilmoqda. Saloh Yurgen Klopp qo‘l ostida Angliya chempionligi va Evropa Chempionlar ligasi bosh sovrini sohibi bo‘ldi.
Misrlik hujumchi “Liverpul”ga 2017 yili “Roma”dan ko‘chib o‘tgan edi. O‘shanda uning transferi 42 million evroga amalga oshirilgan.
Fikrlar