Muhim o‘yinchining ahvoli Gvardiolani bezovta qilyapti

  • 06.10.2025 06:49
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti” Angliya Premer-ligasining ettinchi turida “Brentford” maydonidan muhim g‘alaba bilan qaytdi. Uchrashuvda Erling Xoland tomonidan kiritilgan yagona gol “shaharliklar” musobaqa jadvalida kuchli beshlikka qo‘shdi.

Biroq bu to‘qnashuvda Xosep Gvardiola jamoasi juda katta yo‘qotishga uchradi. O‘tgan mavsumni salomatligini tiklash va davolanishga sarflab yuborgan Rodri hali ham to‘liq oyoqqa tura olmayotgani achinarli holdi.

29 yoshli futbolchi yangi mavsumning o‘zida bir necha bor jarohat tufayli jamoaga yordam bera olmadi. “Brentford” bilan bo‘lgan bahsning 21-daqiqasida yana og‘riq sezdi va o‘yinni davom ettira olmadi.

Ayni paytda “Oltin to‘p” sohibining ahvoli Xosep Gvaridiola, murabbiylar shtabi va hatto jamoa muxlislarini ham bezovta qilmoqda.

Endi Rodri klub tibbiyot xizmati tomonidan qo‘shimcha chuqurlashtirilgan ko‘rikdan o‘tkaziladi. Shundan so‘ng jarohat darajasi va davolanish muddatiga oydinlik kiritiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!