Muhsin Nizomiddinov: "Maqsadimiz standartlar edi va bundan foydalandik"

  • 16 may, 2024, 22:07
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Qo‘qon-1912” – “Mash’al” (3:2) o‘rtasidagi o‘yindan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida qo‘qonliklar bosh murabbiyi Muhsin Nizomiddinov savollarga javob qaytardi.

Tecno

- Qo‘qondan kelib bizni qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislarimizga rahmat. Harakat qildik, “Sho‘rtan”dan keyin bir hafta vaqtimiz bor edi. Raqibni o‘rganib chiqdik, Xudoga shukr, o‘ylagan maqsadimizga erishdik.

- Tikonni ustida o‘tirgandek o‘yinni kuzatyapmiz. Masalan, hisob qaltis edi. Ayrim o‘yinchilar o‘zini ko‘rsata olmadi. Ularni o‘rniga boshqa yoshlarni sinab ko‘rsa bo‘lmasmikin?

- To‘g‘ri aytyapsiz, bu futbol va unda har narsa bo‘ladi. Futbolchida bosim ham sezilishi mumkin. Bizning jamoamiz maqsadli. Bosimda oson emas. Ular ham shunchalik qo‘llaridan kelganicha harakat qildilar. O‘yini chiqadi yoki chiqmaydi, bu normal holat. Yoshlarga ham imkoniyat beramiz. Bizni maqsadimiz ham shu. Tarkibimizni o‘tgan yilgidan ancha yoshartirdik. Sifatli yoshlar bilan ishlash kerak. Ko‘ryapsizlar, Qo‘qonda ham yoshlarga e’tibor kuchaymoqda. Siz aytib o‘tgan yoshlarni ham kuzatib turaman, endi jarohatdan forig‘ bo‘ldi. Mashg‘ulotlarga jalb qilishni boshladik.

- Gol urgandan keyin futbolchilar bo‘shashib ketishyapti...

- Hamma sirni ochib bo‘lmaydi. “Mash’al”ni bir hafta davomida o‘rganib chiqdik. “Sho‘rtan” bilan o‘yindan keyin bir jurnalist sizga bosim yo‘qmi, degan savolni berdi. Yo‘q, nimaga bosim bo‘ladi? Bu normal holat, futbolda bo‘ladigan narsa. “Mash’al”ni o‘rganib chiqib taktika tanladik. Bo‘sh zonalar qoldirmasligimiz kerak edi va to‘pni ularga berdik. Ko‘rdinglar, asosiy maqsadimiz standartlar edi va standartlardan foydalanib ketdik.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!