Mundial qahramoni ustozidan norozi ekanini aytdi
«Barselona» hujumchisi Ferran Torres jamoa bosh murabbiyi Hans-Diter Flik unga nisbatan adolatsiz bo‘lgan deb hisoblaydi.
Jurnalist Nil Sola xabariga ko‘ra, ispaniyalik futbolchi o‘tgan mavsumda kataloniyaliklar asosiy tarkibida muntazam maydonga tushishga loyiqman, deb hisoblagan. 26 yoshli forvard Flik qarorlaridan norozi bo‘lgan, chunki u o‘z o‘yini Robert Levandovskidan yaxshiroq, deb baholagan va jamoaning bosh hujumchisi bo‘lishim kerak, degan fikrda yurgan.
Levandovski allaqachon «Barselona»ni tark etdi. Ferran Torresning kelajagi ham hozircha aniq emas — uning amaldagi shartnomasi yana bir yildan so‘ng yakunlanadi. Shunga qaramay, katta ehtimol bilan klub rahbariyati jahon chempioni bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni boshlashni rejalashtirgani aytilmoqda.
Ferran Torres Ispaniya milliy terma jamoasi safida jahon chempionatida juda yaxshi o‘ynadi va finalda yagona golni urib, jamoasiga bosh sovrinni olib berdi.

Fikrlar